TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Suriyada sharoit yaxshi tomonga o‘zgarishi qochoqlarga SARga qaytish imkonini beradi, deb ta’kidladi Bashar Asad RIA Novostiga bergan intervyusida.
Suriya yetakchisining so‘zlariga qaraganda, mamlakat rahbariyati shu kunlarda, fuqarolar orasida migratsiyaga bo‘lgan talab darajasi pasayishi uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilmoqda.
"Sharoit yaxshilanishiga umid borligini ko‘rgach, balki ba’zi odamlarda Suriyaga qaytish istagi paydo bo‘lar", — deb ta’kidladi Suriya prezidenti.