TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti ish grafigiga yadro xavfsizligi bo‘yicha o‘tkaziladigan to‘rtinchi sammitda ishtirok etish kiritilmagan, deb xabar qildi Vladimir Putin matbuot-kotibi Dmitriy Peskov, RIA Novosti xabari asosida.
"Prezident rejasida bu tadbir yo‘q", — dedi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya bungacha bo‘lib o‘tgan barcha – uchta sammitda ham ishtirok etgan.