Kipr TIV: Larnaki aeroportida operatsiya yakunlandi

© REUTERS / Yiannis Kourtoglou Uchuvchi qo‘lga olingan samolyot kabinasidan chiqmoqda
Uchuvchi qo‘lga olingan samolyot kabinasidan chiqmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan sal oldin noma’lum shaxs, portlovchi qurilmani ishga tushirishini ma’lum qilib, Aleksandriya – Qohira reysi bo‘yicha parvozni amalga oshirayotgan samolyotni majburan Kiprda qo‘ndirishga majbur qilgani haqida ma’lumot bergan edik. O‘zbekiston vaqti bilan 17:00da aviapirat taslim bo‘ldi va hibsga olindi.

TOShKENT, 29 mar – Sputnik. Aviapirat tomonidan qo‘lga olingan va Larnaki aeroportida majburan qo‘nishni amalga oshirgan A320 layneri bilan bog‘liq operatsiya o‘z yakuniga yetdi, deb xabar qilmoqda Kipr TIV, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

Yevropa parlamenti prezidenti Martin Shuls - Sputnik O‘zbekiston
Kipr prezidenti: A320 samolyotining qo‘lga olinishi terakt emas, "bu ishga ayol aralashgan"

"Hammasi yakun topdi. Hozirda Bosh vazir bayonoti tayyorlanmoqda", — deb xabar berdi vazirlik xodimasi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston vaqti bilan 10:30da bortida 51 nafar yo‘lovchi va 7 nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan misrning Egypt Air aviakompaniyasiga tegishli A-320 yo‘lovchi samolyoti noma’lum kimsa tomonidan qo‘lga olingan edi. Bosqinchi portlovchi qurilmani ishga tushirishini aytib, po‘pisa qilgani uchun samolyot Kiprning Larnaki aeroportida majburiy qo‘nishni amalga oshirishga majbur bo‘lgan.

Samolyot majburan qo‘ndirilgach, aviapirat ekipaj a’zolarini asir olgan holda, kelib chiqishi misrlik bo‘lgan ayollar va bolalarni samolyotdan chiqarib yuborgan, hamda Kipr hukumatidan siyosiy boshpana talab qila boshlagan.

Soat 17.00 da aviapirat taslim bo‘lgan va hibsga olingan.

 

Yangiliklar lentasi
0