TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Kipr prezidenti Nikos Anastasiadis Misrga qarashli A320 samolyotning qo‘lga olinishi terakt emas, deya bayonot berdi.
"Hamishagidek bu ishda ayol aralashgan", — deb javob qildi prezident Yevroparlament raisi Martin Shuls tomonidan tashkillashtirilgan matbuot-anjumanida jurnalistlar tomonidan berilgan savolga.
Shuls hozirda Kiprdaligi xabar qilinmoqda. Matbuot-anjumanidan to‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya Kiprning RIK telekanali tomonidan namoyish etilgan.
Bundan sal oldin olingan xabarlarda, bosqinchi samolyot ekipaji hamda yo‘lovchilarga portlovchi qurilma bilan tahdid qilib, marshrut yo‘nalishi o‘zgartirilishini talab qilgan. Aleksandriya-Qohira reysi bo‘yicha uchishni amalga oshirayotgan layner Kiprning Larnaki aeroportida majburiy qo‘nishni amalga oshirgan. Shundan so‘ng, bosqinchi 50 nafar yo‘lovchilarni ozod qilib, uchuvchi orqali Kipr hukumati bilan muzokara qilishga tushgan.
Anastasiadisning so‘zlariga qaraganda, samolyot bortida qolgan asir olinganlarni ozod qilish uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.