G‘arb Putinga qarshi axborot urushi ochmoqda

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kreml Putinga qarshi tayyorlanayotgan “informatsion hujum” haqida ogohlantirmoqda. "Putin va uning yaqinlari shu kunlarda OAVlarda tarqatiladigan “buyurtma” materiallar obyektiga aylanishlari mumkin. Bundan maqsad - mamlakatdagi vaziyatni notinchlantirish", deb bayonot berdi Rossiya rahbari matbuot-kotibi.

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Dushanba kuni Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putinning oilasi haqida navbatdagi “buyurtma” maqolalar tayyorlanayotgani haqida ogohlantirdi: Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov bergan xabarga ko‘ra, xalqaro surishtiruvlar konsorsiumi G‘arb va Rossiyada Putin haqida navbatdagi bor uydirma ma’lumotlar tarqatishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, RIA Novosti xabari asosida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin. - Sputnik O‘zbekiston
Putin sha’niga aytilgan haqorat uchun Kreml AQShdan tushuntirish talab qilmoqda

Chet el maxsus xizmat vakillari va ba’zi bir OAVlar Rossiyada boshlangan saylovoldi kampaniyalaridan foydalangan holda, mamlakatdagi osoyishtalikni buzishga urinmoqda, deb ta’kidladi Peskov.
Rossiya prezidenti matbuot-kotibining fikricha, gap qandaydir jiddiy surishtiruvlar haqida emas, balki axborot urushi haqida bormoqda. Kremlda bunday hujumlar samara berishiga ishonishmasa-da, ammo uyushtirilayotgan ishlardan o‘z noroziliklarini yashirishmayapti.

2018 yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlar tufayli Vladimir Putinga qarshi qoralash kampaniyasi boshlangani haqida Kreml joriy yilning yanvar oyidayoq e’lon qilgan. AQSh Moliya vaziri Adam Shubin Putinni “korrupsiya ramzi” deb ataganidan keyin, shunday bayonot berilgan edi.

"Bunday ishlar davom etmoqda. “Ishonchli” va “sensatsiya” bo‘lishga loyiq navbatdagi informatsion hujum yaqin kunlarda amalga oshirilishi kutilmoqda. O‘zini “Jurnalistik surishtiruvlar xalqaro konsorsiumi” deb nomlagan uyushmadan tilog‘lamalik ila, tergov manerasida tuzilgan savollarni oldik. Ularni diqqat bilan o‘qib chiqib, ushbu konsorsiumga turli OAV jurnalistlaridan tashqari, boshqa tashkilot va xizmatlar vakillari ham a’zo ekanligiga shubhamiz qolmadi.
Xullas, ular tez kunlarda Germaniya, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shveysariya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda o‘z “ijod namunalarini” nashr qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda”, — dedi Peskov jurnalistlarga.

Rossiya prezidenti matbuot-kotibi, Rossiya hukumati jurnalistik surishtiruv singari janrni hurmat qilishini ta’kidlagan holda, professional va obyektiv bajarilgan har qanday ishga yuqori baho berishlarini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Ammo, Peskovning so‘zlariga qaraganda, bu safar gap mutlaqo boshqa narsa haqida bormoqda.

"Gap obyektiv surishtiruv ishlari bilan shug‘ullanishni xohlamaslik haqida bormoqda. Ular oldida Putinga qarshi informatsion urush e’lon qilish vazifasi qo‘yilgan. Konsorsium a’zolari ana shu topshiriqni bajarish uchun yolg‘on-yashiq informatsiyalar rejissurasini tashkillashtirib, mish-mishlar asosida yozilgan xabarlarni ishonchli ma’lumot sifatida kun yangiligiga majburlab kiritmoqchi bo‘lyapti. Bizga bu yoqmayapti”, — dedi u.

Kreml vakillari ana shunday “agitatsiyalar” tagida o‘z ismlarini qo‘yayotgan jurnalistlarni yuqori professionallik standartlari sari intilishga chaqirmoqda.

"Bunday hollarda mahoratlilik, professionallik — siyosiy buyurtmalar qurboniga aylanayotgani achinarli, albatta”, — dedi Peskov.

Prezident matbuot-kotibi Putinga berilgan “agitatsion” ruhdagi savollardan bir nechta misollar keltirdi: jumladan, so‘rovnomada Rossiya prezidenti mol-mulki 40 milliard dollarga yetganligi, uning katta-katta qasrlarga egaligi rostligi so‘ralgan hamda Putin ega megayaxtalar soni nechtaligiga aniqlik kiritishlari iltimos qilingan. Shuningdek, Vladimir Putin Rossiyada maxinatsiyada ayblangan biznesmenlar bilan “oshan”ligi rostmi, degan savollar berilgan.

So‘rovnoma mualliflari, shuningdek, Putin yoshligida ichib, Leningrad ko‘chalarida qo‘shiq aytib, mushtlashgani rostmi deb ham savol tashlashgan.

Ushbu savollarga izoh berar ekan, Peskov murojaatlar tergov ruhida bo‘lganidan bir oz hijolat tortganini tan oldi. Shuningdek, Vladimir Putinni ham bu savollar ajablanganini ta’kidlab o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0