TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Moskva ushbu ta’kid yuzasidan AQSh tushuntirish berishiga umid qiladi, dedi Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov, RIA Novosti xabariga asosan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Moliya vazirligi rasmiy vakili, Rossiyaga qarshi sanksiyalar bilan shug‘ullanuvchi Adam Shubin Bi-bi-si telekanali efirida Vladimir Putinga "poraxo‘rlik ramzi" deya ta’rif bergan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, AQSh Oq uy vakili Josh Ernest Qo‘shma Shtatlar Moliya vazirligining bu pozitsiyasi Amerika prezidenti ma’muriyati qarashlarini to‘liq ifodalashini aytdi.
"Davlat rahbari sha’niga bu kabi haqoratni bildirish — aql bovar qilmaydigan holat. Biz, buni hatto tasavvur ham qilolmaymiz. Misol uchun, men agar AQSh prezidenti sha’niga shunday haqorat aytadigan bo‘lsam, shu zahotiyoq ishdan bo‘shatilaman”, — deb ta’kidladi Putinning matbuot-kotibi.
Dmitriy Peskov, shuningdek, Vladimir Putin Oq uy vakilining o‘z nomiga bildirgan fikrlaridan xabardorligini, va ularni noma’qbul deb hisoblashini aytib o‘tdi.