TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Qo‘lga olingan A320 samolyotidan 50 yo‘lovchi ozod etildi, deb xabar qilmoqda newsit.com.cy axborot portali.
Eslatib o‘tamiz, noma’lum shaxs tomonidan qo‘lga olingan Misr aviakompaniyasiga tegishli samolyot Kiprdagi Larnaki aeroportida O‘zbekiston vaqti bilan 10:50da majburiy qo‘nishni amalga oshirgan edi. Oradan bir soat o‘tib, samolyotdan ilk garovga olinganlar — kelib chiqishi misrlik bo‘lgan ayol va erkaklar ozod etildi.
Hozirgacha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 55 yo‘lovchi va 7 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Soat 12.00gacha olingan xabarlarga ko‘ra, 50 nafar yo‘lovchi ozod etilgan.
Hozirda havo kemasi boshqa samolyotlardan olisda, uchish maydonida turganligi ma’lum.