Noma’lum kimsalar Misr aviakompaniyasiga qarashli samolyotni qo‘lga oldi

© REUTERS/Yiannis KourtoglouLarnaki aeroportida politsiyachi
Larnaki aeroportida politsiyachi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aleksandriya — Qohira yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan samolyot bortida 81 nafar yo‘lovchi borligi xabar qilinmoqda. Bosqinchilar kelib chiqishi misrlik bo‘lgan ayollar va bolalarga Kiprda majburiy qo‘nishni amalga oshirgan samolyot bortini tark etishga ruxsat bermoqchi.

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Bortida 81 nafar yo‘lovchi bo‘lgan misrning Egypt Air aviakompaniyasiga tegishli A-320 yo‘lovchi samolyot noma’lum kimsalar tomonidan qo‘lga olindi.

Bosqinchilar portlovchi qurilmani ishga tushirishini aytib, po‘pisa qilishgani uchun samolyot Kiprning Larnaki aeroportida majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Hozirda Kipr hukumati bosqinchilar bilan muzokara olib bormoqda.

 

Kipr Tashqi ishlar vazirligi layner bosqinchilar tomonidan qo‘lga olinganini tasdiqladi. OAV berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, bosqinchilar hozircha aniq talablarni qo‘ymagan.

"Men samolyot noma’lum bosqinchilar tomonidan qo‘lga olinganini tasdiqlayman. Rasman boshqa hech qanday ma’lumot bera olmaymiz”, — deb xabar qildi Sputnik International agentligiga Kipr vazirligi matbuot-kotibi.

Havo kemasi Aleksandriya-Kipr yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan. Laynerning bosqinchilar tomonidan qo‘lga olingani haqidagi xabar politsiyachilarga 08.30da yetkazilgan.

Samolyotni qo‘lga olgan bosqinchi, mabodo uning talablari qondirilmasa, u portlovchi-kamarni ishga tushirishini ma’lum qilgan. Bu orada bort kapitani samolyotning terrorchilar tomonidan qo‘lga olingani haqida Qohiradagi dispetcherlarga xabar qilishga ulgurgan.

Jinoyatchilar kelib chiqishi misrlik bo‘lgan ayollar va bolalarga samolyot bortini tark etishga ruxsat bermoqchiligi ma’lum qilinmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0