TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Toshkent hokimiyati yangi transport halqasini qurishga kirishishdi. Ushbu transport halqasi shahar markazidagi transport oqimini jiddiy ravishda kamaytirishi kerak, bu haqda poytaxt hokimi Rahmonbek Usmonov xabar berdi.
Uning so‘zlariga qaraganda Uchinchi transport halqasi Toshkentning markaziga yaqin joyda paydo bo‘ladi. Uni amalga oshirish uchun ikki yil oldin Beruniy ko‘chasini Sharof Rashidov ko‘chasi bilan ulaydigan Nurafshon magistrali qurilgan edi.
“Quruvchilar Nurafshon ko‘chasini Beruniydan Oqtepa maydonigacha mavjud bo‘lgan Chig‘atoy darvoza, Umarova, Yesenina ko‘chalari yordamida uzaytirishadi”, — dedi shahar hokimi.
Hokimning so‘zlariga ko‘ra, bu Oqtepa maydoni orqali transport oqimini soatiga 4 ming avtomobilga ko‘paytiradi. Shu bilan bir vaqtda Nukus ko‘chasi Usmon Nosir ko‘chasidan Bobur ko‘chasigacha 1 km ga uzaytiriladi.
Yangi transport halqasi Nurafshon, Muqimiy, Nukus, Abdulla Qodiriy va Sharof Rashidov ko‘chalarini birlashtiradi.
Undan tashqari shahar markazidagi asosiy ko‘chalarda tarnsport oqimini kamaytirish uchun Taraqqiyot ko‘chasini davom ettirish, Parkent ko‘chasini qayta ta’mirlash rejalashtirilgan.
Yangi transport halqasida Usmon Nosir va Muqimiy ko‘chasi chorrahasida, Bunyodkor va Muqimiy chorrahasida hamda Oqtepa maydoni va Nurafshon ko‘chalari kesishgan joylarda zamonaviy transport estakadalari paydo bo‘ladi.
2016 yilning avgust oyigacha Toshkentdagi barcha tramvay yo‘llari olib tashlanishi kerak. Buning evaziga kengaygan avtomobil yo‘llari ham transport harakati imkonini oshiradi.