Toshkent avtomobil yo‘llari 40 %ga uzayadi

Obuna bo‘lish
Toshkent yo‘llari uzunligi chorrahalarni ko‘prik va tunellar bilan bog‘lash natijasida ham uzayadi. Masalan Bunyodkor va Muqimiy ko‘chasi chorrahasi va Ohangaron ko‘chasi va Toshkent Halqa yo‘li chorrahalarida estakadalar qurish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Poytaxt hokimiyati Toshkent ko‘chalarining umumiy uzunliginini 630 kilometrdan 879 kilometrga uzaytirish ni rejalashtirishgan, dedi Toshkent Arxitektura va Qurilish boshqarmasi rahbari vazifasini bajaruvchisi Rustam Rahmatullayev, “Xalq so‘zi” gazetasiga bergan intervyusida.

Yaqin kunlarda Sebzorda qurilgan transport ko‘prigi kabi ko‘prik qurilishi boshlanishi kerak. Toshkent hokimiyati Bunyodkor — Muqimiy hamda Ohangaron  va Toshkent Halqa yo‘li chorrahalarida transport ko‘priklari qurishni rejalashtirgan. Qurilish boshlanishining aniq muddatidini shahar Arxitektura boshqarmasi vakili xabar qilmadi.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi 184 ming km ni tashkil qiladi. 2016-yilda 513 kilometr yo‘l qurilishi va ta’mirlanishi rejalashtirilgan. Ushbu ishlarning umumiy qiymati 1,3 milliard so‘mni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0