TOShKENT, 24 mar — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyada meva sabzavot sotishga ixtisoslashgan savdo uylari tashkil qilish niyatida, xabar berdi “O‘zulugurjisavdoinvest” vakili Sputnik muxbiriga.
Bugungi kunda Rossiyada uchta shunday savdo uylari ishlamoqda – moskvada ikkita va Novosibirskda. Yaqin orada Rossiyaning turli regionlarida yana bir necha shunday savdo uylari tashkil qilish rejalashtirilgan.
“Biz birinchi savdo uylarini joylashtirish uchun bekorga Moskva va Novosibirskni tanlamadik. Poytaxt – bu savdo markazi. Bu yerda barcha yirik ulgurji savdo kompaniyalari ofislari jamlangan. Moskva orqali Pribaltika va Skandinaviya mamlakatlariga chiqish ham oson. Novosibirskdagi savdo uyi Rossiyaning o‘rta qismi va Uzoq Sharq regioni uchun javob beradi. Keyinchalik biz bu yo‘nalishni faol rivojlantiramiz”, — dedi suhbatdosh.
Uning so‘zlariga qaraganda 2014-yil ikki mamlakat munosobatlarida uyg‘onish davri bo‘ldi. Sabzavot mahsulotlari hajmida o‘sish kuzatildi, lekin ulkan natijalarga erishilmadi.
Bunga qaramasdan ko‘plab muzokaralar o‘tkazildi, hamkorlar bir-birini o‘rganishdi. Rossiyaliklar O‘zbekistonga kelishdi va mahsulot sifatini bog‘ va dalalarda ko‘rishdi. Saqlash va logistika tizimini o‘rganishdi. 2016-yilning birinchi oylarida Rossiyaga mahsulot yetkizib berish borasida yangi shartnomalar tuzildi.
“Bugun biznng savdo uylarimizga, o‘zbek mahsulotning sifatini ko‘rgan va katta hajmda sotib olishga tayor bo‘lgan ko‘plab mijozlar kelmoqda. Sotib olinayotgan mahsulot hajmi 5 tonnadan 20 ming tonnani tashkil qilmoqda. Olma, olxo‘ri, olcha, gilos va boshqa mevalar eng ko‘p talab qilinmoqda. Qovunga alohida talab. Mijozlar talabiga javob berish uchun biz G‘uzorda 200 gektarlik alohida eksperimental plantatsiya ochdik. Talab ko‘p bo‘lganligi uchun bu yil biz uning maydonini 400 gektargacha ko‘paytiramiz”, — dedi vakil.
"O‘zulgurjisavdoinvest" bir vaqtning o‘zida Xitoy va Hindistonda ham shunday savdo uylari ochishni rejalashtirgan.