TAShKENT, 28 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Barak Obama Yadroviy Xavfsizlik Sammitida qatnashish uchun AQShga tashrif buyuradigan Turkiya rahbarining shaxsiy uchrashuv haqidagi taklifiga rad javobi berdi. Matbuot xizmati xabariga ko‘ra bunday uchrashuvga zarurat yo‘q, RIA Novosti Wall Street Journal xabari asosida.
Oq uy xabarida aytilishiga qaraganda, buni hurmatsizlik deb qabul qilmaslik kerak, chunki prezidentlar Turkiyada G20 sammitida noyabrda uchrashgan edi va fevralda telefon orqali suhbatlashishgan edi.
Erdo‘g‘on Obama bilan Merilend shtatida, Turkiya moliyaviy yordami bilan qurilgan masjid ochilishida uchrashishni rejalashtirgan edi, lekin AQSh prezidenti matbuot xizmati bunga zaraurat yo‘q deb xabar qildi.
Ekspertlar fikriga ko‘ra, ushbu rad javobi Turkiya prezidenti uchun tashvishli belgidir. “Oq uydagilar Erdo‘g‘onga u bundan buyon “qimmatli mehmon” emasligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lishgan”, dedi Milliy xavfsizlik va Xalqaro siyosat markazi direktori o‘rinbosari Maks Xoffman.
AQSh va Turkiya orasidagi munosobatlar Vashingtonning Turkiya qurdlarini qo‘llab quvvatlashi tufayli buzildi. AQSh qurdlarni ID terrorchilariga qarshi kurashmoqda deb hisoblaydi, Turkiya bo‘lsa qurdlarni terrorchi deb hisoblaydi.
Undan tashqari ekspertlar Erdo‘g‘onning tobobra kuchayib borayotgan avtoritar tuzimi va uning qurdlarga qarshi olib borilayotgan shafqatsiz siyosati turk-amerika munosobatlariga ta’sir qilmay qolmagan, albatta. Shu bilan bir vaqtda Vashington Anqarani “NATO ittifoqidagi muhim hamkor deb hisoblaydi”.