TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ramzan Qodirovni Checheniston respublikasi rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga tayinladi hamda sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda Qodirov ham qatnashishiga umid bildirdi.
"So‘nggi yillarda chechen xalqi, eng avvalo respublika aholisi uchun amalga oshirilgan ishlardan kelib chiqqan holda bugun men sizni Checheniston rahbari vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladim. Umid qilamanki, sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etasiz. Shuningdek, saylovoldi kampaniyasi davomida ham Checheniston xalqi sizning respublika uchun amalga oshirgan ishlaringiz, mehnatingizni munosib baholaydi. Lekin, yana bir bor takrorlab o‘taman, biz erishilgan yutuqlar bilan kifoyalanib qololmaymiz, hamisha oldinga intilishga harakat qilish kerak. Va biz xalqimiz uchun yanada ko‘proq ishlarni amalga oshirishimiz mumkinligi, amalga oshirishimiz shartligini ham yaxshi bilamiz”, — deb ta’kidladi Rossiya prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, Ramzan Qodirovning o‘zi fevral oyida Checheniston rahbari sifatida davri o‘tganligini, shu bois, o‘z o‘rniga boshqa rahbar topishlarini aytgan edi. Ammo shu bilan birga, Putinning har qanday topshirig‘ini bajarishga tayyorligini ham qo‘shimcha qilgandi.