TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Moskva va Vashington hamkorligi Suriya mojarosini hal qilishga, manfaatlar muvozanatini shakllantirishga yo‘l ochib berdi, deb bayonot qildi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov.
"Rossiya va Amerika hamkorligi naqadar muhimligi haqida aytgan gaplaringga to‘liq qo‘shilaman: Suriya bo‘yicha hamkorligimiz, qat’iyatimiz zafar qozonish imkonini berdi, biz hamisha tenghuquqlilik asosida ishlab kelganmiz va shunday ishlashda davom etapmiz ", — dedi Lavrov AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan Moskvada bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida.
Lavrov, aynan tenghuquqlilik asosida qurilgan hamkorlik “omad kaliti” bo‘lganini ta’kidladi.
"Aminmanki, agar ushbu usulni boshqa istalgan xalqaro muammolarga hamda o‘rtadagi ikki tomonlama munosabatlarimizga nisbatan qo‘llasak, kelajagimiz unchalik ham yomon bo‘lmaydi", — dedi Rossiya TIV rahbari.
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va AQSh Davlat kotibi Jon Kerri ikki kun davomida Suriya mojarosi, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi vaziyat hamda Ukraina masalasi bo‘yicha muhokama o‘tkazishni rejalashtirgan.