TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Rossiya va AQSh singari buyuk davlatlar, o‘rtalarida mavjud kelishmovchiliklarga qaramay, hamkorlik qila oladi, deb ta’kidladi payshanba kuni AQSh davlat kotibi Jon Kerri, RIA Novosti xabariga ko‘ra.
23 Mart 2016, 17:37
"Rossiya va AQSh singari ikki buyuk davlat, o‘rtadagi ba’zi bir kelishmovchiliklarga qaramay, hamkorlik qila olishini ko‘rsata olamiz. Zarurat tug‘iladigan bo‘lsa, bizga bo‘layotgan chaqiriqlarga munosib javob qaytarish uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qila olamiz. Umid qilamanki bugungi uchrashuvimiz samarali kechadi", — dedi Rossiya TIV rahbari Lavrov bilan Moskvada o‘tgan muzokaralarni ochib berar ekan.