AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Moskvaga keldi

Obuna bo‘lish
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov hamda prezident Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazishi xabar qilinmoqda.

TOShKENT, 23 mar – Sputnik. AQSh Davlat kotibi Jon Kerri joriy yilda uchinchi bor Moskvaga tashrif buyurmoqda. Jon Kerri Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti axborot agentligi.

Kerrining Moskvaga tashrifi ikki kun davom etishi kutilmoqda. Ta’kidlanishicha, 24-mart, payshanba kuni Kerri Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi. AQSh Davlat kotibi va Rossiya hukumati rahbarlari Suriya va Ukrainada yuz bergan inqiroz, Yaqin Sharqdagi ahvol va xalqaro xavfsizlik muammolari yuzasidan muhokama o‘tkazishlari kutilmoqda.

"Biz Yaqin Sharq va Ukrainadagi vaziyat shuningdek, xavfsizlik masalalarini muhokama qilamiz ", — deb javob qildi Kerri RIA Novosti muxbiriga dushanba kuni Gavanada.

Muzokaralar davomida o‘ziga xos mavzular muhokama qilinadimi degan savolga, Kerri: “O‘ziga xos mavzular bisyor” deya javob qildi, ammo ular haqida to‘xtalib o‘tmadi.

Yangiliklar lentasi
0