TOShKENT, 2 fev — Sputnik. 2015-yilda O‘zbekistonda 990 mingga yaqin ish joylari yaratildi, ulardan 200 mingi vatanga qaytib kelayotgan mehnat migrantlari uchun, yedyilgan Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi xabarida.
“2015 yilda O‘zbekistonda aholini ish bilan ta’minlash dasturi asosida 990 ming yangi ish joyi yaratildi”, — deyilgan mehnat vazirligi tarqatgan xabarda.
“Yaratilgan ish joylarining 20% vatanga qaytib kelayotgan mehnat migrantlari uchun mo‘ljallangan, xususan, Rossiyadan qaytayotgan migrantlar uchun”, — dedi vazirlik vakili.
Vatanga qaytib kelayotgan migrantlar respublika hukumati va tijorat banklari tomonidan ko‘mak olmoqda. Ulrga ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga olish yoki sotib olish uchun kerak bo‘lgan kreditlarni maxsus, imtiyozli shartlarda berilmoqda.
2016 yilda O‘zbekistonda 993 ming kishini ish joyi bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Undan 148 ming ish joyi MDH davlatlaridan qiyin iqtisodiy sharoit tufayli qaytib kelayotgan mehnat migratlari uchun mo‘ljallangan. Ekspertlar fikriga ko‘ra hozirgi kunda O‘zbekistonning 31 million aholisidan 3-4 millioni vatianidan tashqarida mehnat qilmoqda. Rossiya Federal Migratsiya xizmati xabariga ko‘ra, Rossiyada 2 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarolari bor.