TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Komil Rashidovga chegarada yuzaga kelgan holat tufayli norozilik notasini topshirdi, deb xabar qiladi Sputnik Kirg‘iziston sayti vazirlik matbuot-xizmatidan olingan xabarga asosan.
Hujjatda, shuningdek, O‘zbekiston tomonidan olib borilayotgan harakatlar chegaraga yaqin tumanlarda aholi o‘rtasida mojarolarni yuzaga keltirishi va sekin-asta qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasida mojaroning kattalashishiga olib kelishi mumkinligi ta’kidlangan.
Qirg‘iziston TIV bosh kotibi Sidiqov, O‘zbekiston 1996-yil 24-dekabrda ikki davlat o‘rtasida imzolangan "abadiy do‘stlik" normalariga qat’iy amal qilishiga umid bildirgan.