TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon BMT Xavsizlik Kengashida islohotlar oʻtkazishga daʼvat qilmoqda. Uning fikricha, Kengash tarkibidagi doimiy davlatlar yoʻq qilinib, doimiy ravishda oʻzgarib turadigan 20ta mamlakat kiritilishi lozim.
"Bu tizimni isloh qilish kerak. Oʻzingiz oʻylab koʻring: BMT Xavfsizlik Kengashi beshta doimiy va oʻnta doimiy boʻlmagan aʼzolarga ega. Ular oʻz vazifalarini yana ikki yil bajarishadi. BMT XK tarkibiga Rossiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, AQSH, Xitoy kiradi. Afrika vakillari esa kiritilmagan. Janbuiy Amerikadan ham aʼzolar yoʻq. Keyin diniy nuqtai-nazardan olib qaralganda, doimiy davlatlar beshligida biron musulmon davlati yoki buddaviylar ham kiritilmagan. BMT XK tarkibida unga aʼzo 196 mamlakat (BMTga aʼzo mamlakatlar soni 193tani tashkil etadi, tahr.) navbatma-navbat namoyon boʻlishlari kerak”, — deb taʼkidladi Erdoʻgʻon Istanbulda yoshlar uyushmalari faollari bilan uchrashuvi chogʻida. Uning nutqidan Anadolu agentligi iqtibos keltiradi.
Erdoʻgʻonning soʻzlariga qaraganda, “BMT XK tarkibida doimiy yoki doimiy boʻlmagan aʼzolar boʻlmasligi kerak”. "XK tarkibiga doimiy ravishda oʻzgarib turadigan 20 davlatni kiritish zarur”, — deb taʼkidladi Erdoʻgʻon.
Shuningdek, Turkiya prezidenti Asad Bashar hamon Suriyaga rahbarlik qilib kelayotgani uchun BMT Xavfsizlik Kengashini qattiq tanqid ostiga oldi. "Gap 500 ming begunoh insonlar qoni toʻkilgan Suriya haqida boryapti. Asad ismli yovuz kishi terrorchi-davlatni yuzaga keltirdi. Aslida uni Gaagada sud qilish kerak edi, ammo xalqaro hamjamiyat hozircha bu qarorga oʻz roziligini bergani yoʻq", — taʼkidladi Erdoʻgʻon.
"Axir shunaqasi ham boʻladimi? BMT Xavfsizlik kengashi nima qilyapti, qayerga qarayapti?" — deb taʼkidladi u.
Erdoʻgʻon, shuningdek, “chegaralardagi suriyalik turkmanlarni yolgʻiz qoldirib qoʻymasligini va ular uchun qoʻldan kelgancha harakat qilishini aytdi".