TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekiston Milliy Xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari “Navro‘z” bayrami oldidan Davlat chegarasini qo‘riqlash borasida tadbirlarni kuchaytirdi, shu jumladan, Qirg‘iziston bilan ham chegarada qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi matbuot-xizmatida.
Sanab o‘tilgan harbiy texnikalarning barchasi O‘zbekiston hududida joylashtirilgan, davlat chegarasini qo‘riqlash chora tadbirlari esa ikkiyoqlama kelishuvlarga muvofiq, belgilanmagan chegaraga kirilmagan tartibda amalga oshirilmoqda, deb xabar qildi matbuot-xizmati.
"Juma kuni, ya’ni 2016-yil 18-mart sanasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari munosabati bilan “Madaniyat” xalqaro chegara punkti faoliyati bir tomonlama tartibda to‘xtatildi. Bu haqda Qirg‘iziston tomon belgilangan tartibda chegara xizmati apparati liniyasi bo‘yicha o‘z vaqtida ogohlantirildi", — deb xabar berdi Sputnikka Davlat MXX davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi matbuot-xizmati.
Davlat MXX davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi shuningdek, ikki mamlakat chegara muassasalari o‘rtasidagi munosabatlarda muammolar paydo bo‘lmasligi uchun qirg‘izistonlik hamkasblarini haqiqatdan yiroq bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirmoqda.
Bundan sal oldin Qirg‘iziston chegara xizmati O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan belgilanmagan chegaraga yaqiniga ikkita bronetransporter va KamAZ rusumidagi ikkita yuk mashinasini olib kelib qo‘ydi, deb xabar qilgan edi. Qirg‘iz-o‘zbek chegarasi yaqiniga O‘zbekistonning 40ga yaqin harbiy xizmatchilari olib kelingani ham aytilgan edi.