Qirg‘iziston chegara xizmati: O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada BTRlarni joylashtirdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishBTR
BTR - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston chegara xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 18-mart kuni ertalab O‘zbekiston tomon “Madaniyat-avtodorojniy” nazorat-o‘tkazish punktini bir tomonlama tartibda to‘liq yopgan.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik.  O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan belgilanmagan chegaraga yaqiniga — Jaloloboddagi Mo‘g‘ul Ola-Buqin tumaniga ikkita bronetransporter va KamAZ rusumidagi ikkita yuk mashinasini olib kelib qo‘ydi, deb xabar qilmoqda Qirg‘iziston respublikasi Chegara xizmati matbuot-xizmati, Sputnik Qirg‘iziston xabariga ko‘ra.

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev o‘z xalqini millatchilik qilmaslikka chaqirdi

Qirg‘iziston chegara xizmati xabar berishicha, qirg‘iz-o‘zbek chegarasiga O‘zbekistonning 40ga yaqin harbiy xizmatchilari ham olib kelingan.

Shu munosabat bilan qirg‘iziston tomon tashabbusi bilan Mo‘g‘ol tumanida Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegara xizmati xodimlari vakillari o‘rtasida muzokaralar boshlangani ta’kidlanmoqda.

Qirg‘iziston chegara xizmati “Dostuk-avtodorojniy” chegarasi O‘zbekiston tomonidan bir tomonlama tartibda yopilgani aytilmoqda. Ya’ni  Qirg‘iziston fuqarolariga O‘zbekistondan chiqishga ruxsat bor, kirish esa ta’qiqlangan. Shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirish va chiqish borasida hech qanday cheklov qo‘yilmagan. Uchinchi mamlakatlar fuqarolari uchun “Dostuk-avtodorojniy" chegarasidan tranzit kirish-chiqish odatdagi tartibda amalga oshirilmoqda, deb xabar qilmoqda Qirg‘iziston chegara xizmati.

O‘z navbatida, Qirg‘iziston tomon "Baymak-avtodorojniy", "Ken-Say-avtodorojniy" va"Qadamjoy-avtodorojniy" chegaralarida O‘zbekiston fuqarolari va transport vositalari uchun Qirg‘iziston hududiga kirishni ta’qiqlagan.

Yangiliklar lentasi
0