Erdo‘g‘on Suriya shimolida qochoqlar uchun shahar qurmoqchi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishTurkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi shahar infratuzilmasini yaratishni Turkiya o‘z zimmasiga oladi, qurilish ishlari esa, Erdo‘g‘onning rejasiga muvofiq, xalqaro uyushma hisobidan amalga oshirilishi lozim.

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on Suriya shimolida qochoqlarni joylashtirish uchun yangi shahar qurishni taklif qildi, RIA Novosti xabari asosida.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Spiegel: Erdo‘g‘on Yevropani “shantaj” qilishga o‘tdi

"Yangi shahar infratuzilmasini Turkiya yaratadi, qurilish ishlari esa xalqaro uyushma ko‘magida amalga oshiriladi. Biz bu shaharga Suriyani tark etishga majbur bo‘lganlar hamda hozirda Turkiya hududida bo‘lgan qochqinlarni joylashtirishimiz mumkin. Janob Obama bilan bu g‘oyani muhokama qildik, hatto koordinatalarni belgilab oldik. Ammo g‘oya qachon amalga oshirilishi haqida kelishganimiz yo‘q. Qaror tasdiqlanishini kutamiz. Biz qat’iyat va irodamizni ko‘rsatishimiz kerak”,- deb ta’kidladi Erdo‘g‘on “Yashil yarim oy” nodavlat uyushmasi tadbirida ishtirok etar ekan. Uning so‘zlaridan Anadolu agentligi iqtibos keltiradi.
Erdo‘g‘onning so‘zlariga qaraganda, Turkirya chegarasiga yaqin joyda joylashadigan, umumiy maydoni 4,5 ming kvadrat kilometrni egallaydigan yangi shahar arxitekturasi mahalliy an’analar asnosida yaratilishi ham mumkin.

"G‘arb mamlakatlaridan farqli o‘laroq, Turkiya darvozasi qochoqlar uchun hamisha ochiq. Ammo bu yerda aql bilan ish tutmoq lozim. Biz ushbu muammoni hamjihatlikda hal qilmog‘imiz lozim”, — qo‘shimcha qildi Erdo‘g‘on.

Avval xabar berganimizdek, Anqara o‘z hududida qochoqlarni joylashtirish uchun Yevropa Ittifoqidan 3 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam oladi.
Turkiya shu kungacha 2,7 million, Yevropa ittifoqi esa — 2 millionga yaqin qochoqlarni qabul qilgan.

Yangiliklar lentasi
0