Nazarboyev: Rossiya va Ukraina yarashib olishi zarur

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishQozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozir Ukraina atrofida vujudga kelgan vaziyatni tartibga solishning ayni vaqti. Ikki tomon ham til topishib, o‘zaro murosaga kela oladi, deb hisoblaydi Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev.

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Qozog‘iston respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyevning so‘zlariga qaraganda,  Ukrainadagi vaziyatni tartibga solishning hozir ayni vaqti. U Rossiya va Ukraina o‘zaro til topa olishlariga shubha qilmayapti, "Novosti Kazaxstana" xabariga ko‘ra.

Ukraina va Turkiya Rossiyaga qarshi tish qayramoqda

«Rossiya tomon ham, Ukraina tomon ham ziddiyatlardan tashkil topgan tugunni shahd bilan chopib tashlamoqlari lozim bo‘lgan bir holatga kelib qolishganining guvohi bo‘lib turibman. Bu imkoni boricha tezroq sodir bo‘lishi kerak, Yevropa yetakchilari ham shuni xohlamoqda. O‘rtadagi kelishmovchilikka barham berishning hozir ayni vaqti”, — dedi Qozog‘iston prezidenti “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida.

Matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, Ukraina mojarosi, nihoyat o‘z yechimini topishi uchun, Nazarboyev bor kuchi bilan harakat qilmoqda.

«Mendan o‘rtaga tushishni so‘rashsa, bu uchun vaqtimni ham, kuchimni ham ayamayman: uchrashuvlar o‘tkazaman, tomonlarni muzokaraga chaqiraman. Yuzaga kelgan holat bo‘yicha aytishim mumkinki, ikki davlat rahbarlari o‘zaro kelishuv asosida til topa olishlari mumkin. Bu yerda yechimi yo‘q muammoni ko‘rmayapman”, — dedi u.

 

Yangiliklar lentasi
0