TOShKENT, 15 mar – Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on muxolifat OAVlariga qarshi olib borayotgan siyosat va Turkiya hududida oxirgi vaqtlarda sodir bo‘lgan terrorchilik hujumlari, sayohlar oqimining keskin kamayishiga olib keldi, deb yozmoqda Germaniyaning Die Zeit gazetasi.
“Muxolifat OAVlariga Turkiya hukumati tomonidan bo‘lgan bosim turoperatorlar va sayohlar tomonidan ma’qullanmayapti. Odamlar aynan Turkiya prezidenti siyosatidan cho‘chib, sayohatdan voz kechmoqda”, — deyilgan nashr saytida. “Erdo‘g‘onning bunday harakatlari Turkiya obro‘-e’tiborini tushushiga olib keldi”, — deydi Zeit.
Undan tashqari, turistlarni oxirgi vaqtlarda Turkiyada tez-tez bo‘lib turgan terrorchilik hujumlari ham cho‘chitib qo‘ygan. Odatda, mart oyining boshida Stambuldan har biriga 35 sayoh mingan ekskursiya avtobuslari har kun qatnay boshlardi. Endi bo‘lsa, haftada har birga 12 sayoh mingan ikki avtobus qatnamoqda”, — dedi ekskursiya olib boruvchilardan biri nashrga.
Germaniya nashri ma’lumotga ko‘ra, Istambul mehmonxonalarida odam soni 50% ga kamaygan. Ushbu yilning yanvar va fevralida mehmonlar soni kamayishi, butun o‘tgan yili davomida kamaygan turistlar soniga teng, deyilgan maqolada.
Turkiyada 2015-yilda sayohlar soni 2014-yilga qaraganda 1,6 % ga kamaydi. Yevropa mamalakatlaridan kelgan sayohlar soni keskin kamaygani aytib o‘tilgan. Masalan Italiyalik turistlar soni 27 %ga, fransiyalik turistlar soni 18 %ga, ispaniyaliklar – 17 %ga kamaygan. Turkiya statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra o‘tgan yili chet el turistlaridan olingan daromad 8,3 % ga kamaydi.
2016 yilda Turkiyada 11 terakt amalga oshirildi. Ularning oxirgisi Anqarada 13-mart kuni amalga oshirildi. O‘shanda avtobus bekatida uyushtirilgan portlashda 34 kishi qurbon bo‘ldi, 125 kishi yaralandi.