AQSh Rossiya va Xitoyga qarshi urush ochishga tayyor emasligini tan oldi

Obuna bo‘lish
AQSh tomonidan chet mamlakatlarda olib boriladigan operatsiyalar muvaffaqiyatli kechishi mumkin, ammo kuchli davlatlar bilan yirik ko‘lamdagi to‘qnashuvlar boshlanadigan bo‘lsa, u mag‘lubiyatga duch kelishi aniq, deb hisoblaydi Amerika Piyoda qo‘shinlari shtabi rahbari general Mark Milli.

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. AQSh — Rossiya va Xitoyga qarshi urushga tayyor emas, deb yozadi Defense News nashri Amerika Piyoda qo‘shinlari shtabi rahbari general Mark Milli so‘zlariga tayangan holda, RIA Novosti.

Su-35 qiruvchisi. - Sputnik O‘zbekiston
National Interest AQSh Rossiyaga qarshi qanday qurol bilan jang qilishini aytdi

Amerika armiyasining jangovor tayyorgarligi terrorizmga qarshi kurash, Iroq va Afg‘onistondagi urushlar tufayli yuzaga kelayotgan budjet qisqarishi natijasida zaiflashib bormoqda, deb hisoblaydi Mark Milli.
Amerika generali ta’kidiga qaraganda, AQSh armiyasi regional hajmda hamda terrorchilarga qarshi operatsiyalarnigina amalga oshirishga qodir. Ammo Rossiya, Xitoy, Eron yoki Shimoliy Koreya singari qudratli dushmanga qarshi urush ochish zarurati Pentagonni qattiq tashvishlantiradi.

 "AQSh armiyasi hozirda №Islom davlati”, "Al-Qoida", "An-Nusra fronti" va boshqa terrorchilik uyushmalariga qarshi kurashishga tayyor. Ammo u birdaniga ikki kuchli davlatga, misol uchun Rossiya va Xitoy yoki Eron va Shimoliy Koreyaga qarshi urush ochishga tayyor emas”, — deb iqtibos keltiradi Defense News Mark Milli so‘zlarini.

General ta’kidlashicha, amerika armiyasi dushman harakatlariga qarshi o‘z vaqtida javob bera olishga qodir emas, shu bois, u urushda mag‘lubiyatga yuz tutishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0