O‘zbekiston chet ellik ulgurji savdogarlar uchun meva va sabzavotlar sotib olishni osonlashtiradi

© M.BobonazarovO‘zbekiston meva va sabzavotlari stendi oldida
O‘zbekiston meva va sabzavotlari stendi oldida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Meva va sabzavotlar eksporti bilan shug‘ullanuvchi "O‘zulgurjisavdoinvest" assotsiatsiyasi “O‘zbekiston meva va sabzavotlari” ko‘rgazmasi va biznes forumini tashkil qilish niyatida.

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. "O‘zulgurjisavdoinvest" assotsiatsiyasi, che el ulgurji savdo korxonalarini jalb qilish va meva va sabzavotlar esportini rivojlantirish maqsadida, O‘zbekistonda yangi, ko‘rgazmali biznes-maydoncha tashkil qilishni rejalashtirgan, assotsiatsiya  vakilining Sputnik muxbiriga bergan xabariga asosan.

"O‘zulgurjisavdoinvest" assotsiatsiyasi milliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini, ayniqsa uzum va poliz mahsulotlarini omborxonalarda jamlash va ularni chet elga eksportini tashkil qilish bilan shug‘ullanadi.

O‘zbekiston ko‘rgazma stendi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston “Yashil hafta 2016” ko‘rgazmasida mehmonlarini hayron qoldirmoqda

“Biz birinchi “O‘zbekiston meva va sabzavotlari” nomli biznes forum tashkil qilish niyatidamiz. U yerga chet ellik yetakchi savdogarlarni, yirik transport kompaniyalari, qayta ishlash korxonalari va qishloq xujalik mahsulotlarini qayta ishlashga mo‘ljallangan uskunalar ishlab chiqaradigan korxonalar vakillarini taklif qilish niyatidamiz. Tadbirning asosiy maqsadi – chet ellik xaridorlarga kerakli miqdorda meva va sabzavotlar sotib olish uchun sharoit yaratishdir”, — dedi assotsiatsiya vakili.

Bunday tajriba qishloq xo‘jaligining boshqa sektorlarida o‘zini oqlagan. Masalan, O‘zbekistonda o‘n yildan beri Xalqaro paxta yarmarkasi o‘tkaziladi. U yerda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan paxtaning asosiy qismini sotish bo‘yicha shartnomalar tuziladi.

“O‘zbekiston meva va sabzavotlari” forumi birinchi bor 2016-yilning may yoki iyun oylarida o‘tkazish rejalashtirilgan. "O‘zulgurjisavdoinvest", qaysi mahsulotga haridor ko‘pligini bilish maqsadida, chet ellik xaridorlarni asosiy mahsulotlar yig‘im terim mavsumi boshlanguniga qadar taklif qilmoqchi. Assotsiatsiya forum natijasiga qarab fermerlar bilan ishlaydi.

“Bu hamma uchun qulay bo‘ladi. Xaridorlar Toshkentga bir-ikki kunga kelib, bir maydonda fermerlar, transport kompaniyalari, bojxona xodimlari va boshqalar bilan uchrashishi mumkin. Undan tashqari bu O‘zbek meva va sabzavotlarini butun dunyoga targ‘ib qiluvchi ajoyib omil bo‘ladi”, — dedi vakil.

Ko‘rgazmani tashkil qilishda hamkor etib tajribali ITE Uzbekistan kompaniyasi tanlandi. Forum “O‘zko‘rgazmasavdo” markazida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma tashkilotchilari, MDH davlatlari, xususan Rossiya ulugurji savdo kompaniyalariga alohida e’tibor berish niyatida. Assotsiatsiya vakili so‘zlariga qaraganda ular Rossiyaning yirik savdo tarmoqlari va gipermarketlari vakillari tashrifiga umid bog‘lamoqda.   

O‘tgan yili O‘zbekistonda 12,5 milliona tonna sabzavot va kartoshka yetishtirildi, 1,8 milliona tonna poliz mahsulotlari, 1,5 milliona tonna uzum, 2,73 million tonna mevalar yetishtirildi. Ularni saqlash uchun mamlakatda 114 sovutuvchi kameralar yangilangan.

 

Yangiliklar lentasi
0