O‘zbekiston “Yashil hafta 2016” ko‘rgazmasida mehmonlarini hayron qoldirmoqda

© M.BobonazarovO‘zbekiston ko‘rgazma stendi
O‘zbekiston ko‘rgazma stendi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mehmonlar O‘zbekistondan keltirilgan ekologik toza mahsulotlarni tatib ko‘rish va o‘zbek vino va konyaklarini degustatsiya qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi dunyoda eng yirik bo‘lgan “Yashil hafta 2016” oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilik mahsulotlari ko‘rgazmasida qatnashishdi, “Jahon” axborot agentligi xabari asosida.   

Ko‘rgazmaning birinchi kuniyoq O‘zbekiston stendiga yuzlab odamlar keldi. Ular orasida soha mutaxassislari va Berlinda yashovchi fuqarolar bor edi. Mehmonlar O‘zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlarining sifati va ta’miga baho berish va o‘zbek vino va konyaklarini degustatsiya qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

Mehmonlar katta qiziqish bilan boy o‘zbek tarixi va madaniyati haqidagi ma’lumot bilan tanishdilar. Shu bilan bir vaqtda ular zamonaviy O‘zbekiston hayoti, rivojlanishi va boy sayohlik imkoniyatlari haqida ma’lumot oldilar. Ularning ko‘pchilligi O‘zbekistonga borish xoxishi paydo bo‘lganligini bildirishdi.

 

© M.BobonazarovDegustatsiya spirtnix napitkov iz Uzbekistana
Degustatsiya spirtnix napitkov iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Degustatsiya spirtnix napitkov iz Uzbekistana

 

Yangiliklar lentasi
0