Qirg‘izistonda yuzlab odamlar norozilik namoyishiga chiqdi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishJaloloboddagi holat
Jaloloboddagi holat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Miting ishtirokchilari: tariflar oshirilishiga chek qo‘yish, uy-joy va transport vositalari majburiy sug‘urtasini bekor qilish, hamda, viloyatlarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish kabi iqtisodiy-ijtimoiy xarakterga ega talablar bilan chiqdilar.

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Ikkiyuzga yaqin odam dushanba kuni Qirg‘iziston hukumati oppozitsiyachilari tomonidan uyushtirilgan mitinglarda ishtirok etdi, xabar qiladi RIA Novosti Qirg‘iziston hukumati IIV matbuot-xizmatidan olingan ma’lumotlar asosida.

Qirg‘iziston Bosh vaziri Temir Soriyev. - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston hukumati uchta vazir o‘rinbosarlariga hayfsan e’lon qildi

Qirg‘iziston oppozitsiyasi vakillari dushanba kuni norozilik namoyishlari o‘tkazilishi to‘g‘risida bundan sal oldin xabar bergan edilar.
Avvaliga, mitinglar, barcha viloyat markazlarida va respublikaning bir qator shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo keyin Norin, Talos va Issiq-Ko‘l tumanida namoyishlar bekor qilindi. Natijada, oppozitsiyachilar o‘z tarafdorlarini faqat bitta viloyatda — Jalolobod shahrida ko‘chaga chiqara oldilar. Shuningdek, Aksi qishlog‘i va Kerben shahrida ham kichik namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

"Jaloloboddagi bosh maydonda 100 ga yaqin odamlar to‘plandi. Yig‘ilganlarning teng yarmi “qanday tomosha bo‘lar ekan”, degan maqsadda to‘plangan bekorchilar edi”,  — xabar berdi Qirg‘iziston IIV matbuot-xizmati.
Matbuot-xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, jamoatchilik tartibi buzilishi holatlari qayd etilmagan, huquqni muhofaza qilish organlari aksiya davomida tartibni nazorat qilib borganlar.

Norozilik namoyishlari tashkilotchilari so‘zlariga qaraganda esa, Jaloloboddagi bosh maydonda 600ga yaqin odam to‘plangan. Miting ishtirokchilari: tariflarni oshirishga chek qo‘yish, uy-joy va transport vositalari majburiy sug‘urtasini bekor qilish, hamda, viloyatlarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish kabi iqtisodiy va ijtimoiy xarakterga ega talablar bilan chiqqanlar.

Yangiliklar lentasi
0