TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Qirg‘iziston prezident devoni rahbari Nurxanbek Momunaliyev taklifi bilan Madaniyat vaziri o‘rinbosari Aynura Temirbekovaga, Transport va kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Ernis Mamirkanovga, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Erkinbek Choduyevga qoniqarsiz ijro intizomi uchun hayfsan e’lon qilindi, Sputnik Qirg‘iziston xabari asosida.
Momunaliyevning so‘zlariga qaraganda, umuman olganda, ijro intizomi sifati oshmoqda, ammo barcha idoralar ham hukumat bergan topshiriqni to‘liq va vaqtida bajara olmayapti.
Bundan tashqari, Momunaliyev bir qator amaldorlarga ogohlantirish e’lon qilishni taklif qildi.
Qirg‘iziston Bosh vaziri Temir Sariyev esa xalq hukumatga avans tariqasida ishonch bildirayotganini ta’kidlab o‘tdi.
"Ijro intizomi shu paytgacha yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan. Hozirda oldimizda talaygina masalalar turibdi. Bu esa mas’uliyat borgan sari ortayotganini anglatadi. Xalq bizga bugun avans tariqasida ishonch bildirmoqda. Biz uni oqlashimiz kerak”, — dedi Soriyev.