TOShKENT, 14 mar – Sputnik. Anqarada sodir etilgan terakt qurbonlari soni 37 kishiga yetdi. Ular orasida hozircha 1 nafar kamikadze-terrorchi borligi qayd etildi. Yana 71 kishi kasalxonalarda yotishibdi, deb xabar qildi dushanba kuni
Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Mexmet Muazzino‘g‘li.
Anqaradagi portlash shahardagi avtobus bekatlarining birida, mamlakat Bosh vaziriga qarashli ofis yaqinida, odamlar eng gavjum vaqtda sodir etildi.
Minalashtirilgan avtomobil odamlarga liq to‘la ikki avtobus o‘rtasida portlatilgan.
"Kecha sodir etilgan terakt vaqtida 30 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Shular orasida bir kishi shaxsi kamikadze-terrorchi sifatida identifikatsiya qilindi, ikkinchisi hozircha gumon ostida turibdi. Kasalxonalarda kechaning o‘zida to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumdi. Halok bo‘lganlar soni bugun yana uchtaga ko‘paydi. Davolanish muassasalarida 71 kishi yotibdi, 29 kishi esa jonlantirish bo‘limlariga joylashtirilgan”, — dedi Muazzino‘g‘li Anqarada jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida.