Erdo‘g‘on terrorchilarni tiz cho‘ktirishga va’da berdi

© REUTERS / Tumay BerkinAnqarada 13-mart kuni sodir etilgan terakt
Anqarada 13-mart kuni sodir etilgan terakt - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toyib Erdo‘g‘on Anqarada sodir etilgan teraktni qattiq qoraladi va bu fojia Turkiyaning terrorchilikka qarshi kurashdagi qat’iyatini yanada kuchaytirganini ma’lum qildi. Bu kurashda Turkiya g‘alaba qozonadi, deya va’da qildi Turkiya prezidenti.

TOShKENT, 14 mar – Sputnik, Alyona Palajchenko. Anqara shahridagi avtobus bekatlarining birida sodir etilgan teraktda halok bo‘lganlar soni 34 kishiga yetgani xabar qilinmoqda. Ushbu fojia yuzasidan xalqqa murojaat qilgan Turkiya prezidenti mamlakatda endilikda terrorchilikka qarshi kurash choralari nihoyatda kuchaytirilishi haqida bayonot berdi, RIA Novosti xabari asosida.

Anqaradagi terakt, 13-mart, qutqaruv xizmatlari ishlamoqda - Sputnik O‘zbekiston
Anqaradagi teraktda 27 kishi qurbon bo‘ldi 75 kishi jarohatlandi

"13 mart kuni Anqarada sodir etilgan teraktni qattiq qoralayman. Halok bo‘lgan kishilar yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman, jarohat olganlarga esa tezroq sog‘ayib ketishlarini tilayman. Mintaqadagi notinch vaziyat tufayli, Turkiya so‘nggi yillarda terrorchilar nishoniga aylandi. Terrorchilik uyushmalari va ular xizmatidan foydalanayotganlar bizning fuqarolarimizni nishonga olmoqda va bu borada ular vijdonsizlarcha yo‘l tutmoqda. Bu galgi portlash terrorchilarga qarshi kurashda qat’iyatimizni yanada oshirdi. Biz bu kurashda albatta g‘alaba qozonamiz va terrorchilarni tiz cho‘ktiramiz", — deyiladi prezident rasmiy saytidagi bayonnomada.
Anqaradagi portlash Turkiya Bosh vaziriga qarashli ofislarning biri yaqinida, poytaxt markazida, odamlar eng gavjum vaqtda sodir etildi.

Minalashtirilgan avtomobilning portlatilishi oqibatida, 34 kishi halok bo‘ldi, 125 kishi tan jarohati oldi. Avtomobil odamlarga liq to‘la ikkita avtobus o‘rtasida portlatilgani ta’kidlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0