Lavrov: AQSh Rossiyani yakkalab qo‘yish mumkinmasligini tushundi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishRossiya TIV rahbari Sergey Lavrov.
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eng qizig‘i, davlatimiz nomiga qilayotgan tuhmatlari bilan bir qatorda Amerika prezidenti ma’murati hozirgi kun muammolari yuzasidan biz bilan uchrashuvlar o‘tkazishni davom ettiraverdi, deb ta’kidlaydi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov.

TOShKENT, 4 fev – Sputnik. Vashington Rossiyani yakkalab qo‘yish yoki uning obro‘yini regional darajaga tushirib qo‘yishning iloji yo‘qligini tushunib yetdi, deb ta’kidlaydi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov, RIA Novosti xabari asosida.

Jenevada Suriya Tinchlik muzokaralari - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov: Suriya muxolifati vakillari orasida «injiqlar” paydo bo‘ldi

"Vashington Rossiyani “yakkalab qo‘yish" yoki uning obro‘yini regional darajada tushirib qo‘yishning iloji yo‘qligini tushuna boshladi, chamamda. Biz tomonga qarata qilingan agressiv harakatlar bilan bir qatorda Barak Obama ma’muriyati zamonaviy muammola yuzasidan biz bilan uchrashuvlar o‘tkazishda davom etdi. Vaholanki, tashabbus ular tomondan bo‘ldi, ular bizdan ko‘pgina masalalarda yordam so‘rashdi", — dedi Lavrov Italiyaning “Limes” jurnaliga bergan intervyusida.

Rossiyalik vazir Moskva AQShga har doim “ikki tomonlama munosabatlarni halol hamkorlik asosida, hech qanday majburlashlarsiz va o‘z amrini o‘tkazish siyosatisiz rivojlantirishni” taklif qilib kelganini ta’kidlab o‘tdi.

"AQSh Rossiya bilan hamkorlikni yig‘ishtirishga qaror qilganida – ular bu qarorni Ukrainadagi inqirozdan ancha oldin qabul qilishgan edi, Ukraina ularga bu yo‘lda juda qo‘l keldi, xolos, – biz ularni bir emas, bir necha marotaba bu harakat oxir-oqibat boshi berk ko‘chaga olib kelishi haqida ogohlantirgan edik", — ta’kidladi Lavrov.

Yangiliklar lentasi
0