TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Bugun, Turkiya poytaxti Anqarada, sodir bo‘lgan teraktda 27 kishi qurbon bo‘ldi, 75 kishi jarohatlandi, RIA Novosti Anqara hokimining rasmiy xabari asosida.
“Minalashtirilgan avtomobil portlashi natijasida 27 fuqaro qurbon bo‘ldi, 75 kishi yaralandi”, — deyilgan gubernator xabarida.
Portlash Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da, Turkiya bosh vaziri ofisi yaqinida joylashgan avtobus bekatlaridan birida, odam juda gavjum bo‘lgan vaqtda sodir bo‘ldi. Bir avtobus butunlay yonib ketgan.
Politsiyaning dastlabki xabarlariga ko‘ra, avtobus bekati yaqinida qoldirib ketilgan minalashtirilgan avtomobil portlatib yuborilgan. Poytaxt markazi politsiya tomonidan butunlay ajratib qo‘yilgan. Voqea sodir bo‘lgan joyga ko‘plab tez yordam va o‘t o‘chirish mashinalari kelmoqda.Turkiya OAVlarida ushbu terakt haqida xabar berish ta’qiqlangan.
Rossiya elchixonasi hozirgi vaqtda qurbonlar va jarohatlanganlar orasida Rossiya fuqarolari bo‘lganmi yoki yo‘qligini aniqlamoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu teraktni keskin qoraladi va Turkiya xalqiga hamdardlik bildirdi.
"Vladimir Putin ushbu terakt qurbonlari yaqinlariga o‘z hamdarligini bildiradi va jarohatlanganlarga tezda tuzalib ketishni tilaydi", — dedi Dmitriy Peskov, Rossiya prezidentining matbuot kotibi.