CNN: Shimoliy Koreya suvosti kemasini yo‘qotib qo‘ydi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishSuvosti kemasi
Suvosti kemasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pxenyan suvosti kemasidan mahrum bo‘ldi, deya xabar qildi CNN telekanali. AQSh harbiylarining so‘zlariga qaraganda, kema bortdagi nosozlik tufayli cho‘kib ketgan bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. Pxenyan shu haftada bitta suvosti kemasidan mahrum bo‘ldi, deb xabar qiladi CNN, ushbu voqeadan xabardor amerikaliklardan olingan ma’lumot asosida.

Shimoliy Koreya televideniyesi diktori vodorod bombasi sinovdan o‘tkazilgani haqida xabar qilmoqda. - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya va AQSh urush yoqasida

Ma’lum bo‘lishicha, AQSh Shimoliy Koreya sharqiy qismida joylashtirilgan suvostikemasini uzoq vaqt davomida kuzatib borgan. Shu kunlarda kema birdan harakatdan to‘xtagan, shunda amerikalik harbiylar Pxenyan o‘ziga tegishli submarinani qidirishga tushganining guvohi bo‘lganlar.

Amerikaliklar fikricha, submarina manyovlarni amalga oshirish davomida shikastlangan va shu tufayli dengiz tubiga g‘arq bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreyadagi vaziyat 6-yanvar kuni, ya’ni yadro bombasi sinovdan o‘tkazilgan kundan boshlab keskin ziddiylashdi. BMT Xavfsizlik kengashi Pxenyanning bu harakatiga ayovsiz sanksiyalar bilan javob qaytardi. Shimoliy Koreya BMT rezolyutsiyasini tan olmadi va yadro dasturi ustida olib borilayotgan ishni – “o‘z-o‘zini qonunan himoya qilish” deb aytdi. Toki Vashington Shimoliy Koreyaga nisbatan dushmanlik siyosatini yurg‘izishni to‘xtatmas ekan, Pxenyan yadro dasturini rivojlantirishda davom etishini ma’lum qildi.

AQSh Shimoliy Koreya “o‘z qilmishiga yarasha jazo olishini” ma’lum qildi

Bundan tashqari, Vashington Janubiy Koreya bilan hamkorlikda yarimorolda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni to‘xtatmasa, Pxenyan Amerikaga yadro bombasini tashlashini aytdi.
Shimoliy Koreya Amerika hatti-harakatini o‘ziga nisbatan tahdid deb baho bermoqda va shu bois, yadro bombasini va ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazishda davom etishini ma’lum qilmoqda. 10-mart kuni KXDR kichik radiusdagi ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazdi. Raketalar Yapon dengizi tomon yo‘naltirildi.

Yangiliklar lentasi
0