Chet elga chiqmoqchi bo‘lgan tojikistonliklar ustidan nazorat kuchaytirildi

© Sputnik / Amir IsayevDushanbe shahridagi xalqaro aeroport
Dushanbe shahridagi xalqaro aeroport - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston muhofaza organlari chet elga chiqayotgan(ayniqsa, oilasi bilan ketayotgan) fuqarolarni qattiq nazorat ostiga olmoqchi. Chet elga ketayotganlar orasida “Islom davlati” terrorchilik uyushmasiga qo‘shilib ketish ehtimoli yuqoriligi ta’kidlanmoqda.

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. Tojikiston Bosh prokuraturasi xabariga ko‘ra, chet elga chiqib ketayotgan fuqarolar endilikda qayerga va nima maqsadda yo‘l olganliklari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berishga majbur bo‘ladilar.

FMS tekshiruvi vaqtida qo‘lga olingan migrantlar. - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston aholisining 67% to‘yib ovqat yemaydi

Tojikiston respublikasi prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi vaqtda mamlakat huquq organlari xodimlari tomonidan Suriya va Iroqqa chiqib ketmoqchi bo‘lgan 34 fuqaro qo‘lga olingan.

“Islom davlati” terrorchilik uyushmasi tarkibiga qo‘shilgan 100dan ziyod fuqarolar Suriya, Rossiya, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlardan qaytarilgan.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Tojikiston fuqarolari “ID” tomonida jang qilish uchun ko‘pincha, Suriya, Iroq va Afg‘oniston singari mamlakatlarga chiqib ketishmoqda. Bundan tashqari, Tojikistonda, “ID” safiga jangarilarni yollashda ishtirok etayotganlarga qarshi ham kurash choralari kuchaytiriladigan bo‘ldi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2016-yil boshida 1000dan ziyod tojikistonliklar, ya’ni, 146ta tojik oilasi “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi safiga qo‘shilgan. Ular hozirda Suriya va Iroq davlatlarida jang qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0