TOShKENT, 11 mar — Sputnik. O‘zbekiston hukumati Sirdaryo orqali qozog‘istonlik fermerlarni yetarli miqdorda suv bilan ta’minlashga tayyorligini bildirdi, deb ta’kidladi jurnalistlarga Qozog‘iston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Baqitjan Sag‘itayev, deb xabar qiladi Novosti Kazaxstana nashri.
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida juma kuni Ostona shahrida o‘tkazilgan ikki taraflama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiya majlisida Sirdaryo suvini taqsimlash masalasi muhokama qilindi.
"Har yili vegetatsiya davrida Janubiy Qozog‘istonda, ayniqsa, Maqtaorol tumanida, yetarli miqdorda suv bilan ta’minlanish muammosi ko‘tariladi. Shu kechayu kunduzda O‘zbekiston tomon Qozog‘iston yetarli miqdorda suv bilan ta’minlanishini tasdiqladi. Biz shunga kelishib oldik. Bu bizga umid bag‘ishladi, shu bois, Janubiy Qozog‘istondagi fermerlar vegetatsiya davrida o‘zlariga kerakli miqdorda suv bilan ta’minlanadi, deya olamiz”, — deb xabar qildi Sag‘intayev majlis yakunidan so‘ng jurnalistlarga.