Olma-Otada O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Obuna bo‘lish
18—27 fevral kunlari Olma-Ota shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasida ishchi guruhlar uchrashuvi hamda O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumat delegatsiyalarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. 2016 yilning 18—27 fevral kunlari Olma-Ota shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasida ishchi guruhlar uchrashuvi hamda O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumat delegatsiyalarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi.

Tadbirlar O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasi demarkatsiyasiga oid yakuniy hujjatlarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan edi.
Muzokaralar do‘stona qo‘shnichilik ruhida va bir-birining manfaatlarini inobatga olgan holda bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0