Rossiyada GM Uzbekistan savdosi 25 % ga oshdi

© UzAutoGentra avtomobili taqdimoti
Gentra avtomobili taqdimoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya bozorida O‘zbek avtomobillari orasida Gentra eng ommaviysi bo‘lib u savdosi chaqqon avtomobillar ro‘yxatidan 25 o‘rinni egalladi.

TOShKENT, 11 mar — Sputnik. GM Uzbekistan korxonasi 2016-yil fevralida Rossiya bozorida 1,6 ming dona avtomobil sotib, o‘tgan oyga qaraganda savdo hajmini 25% ga oshirdi, Yevropa Avtomobil ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra.

GM Uzbekistan avtomobillari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda avtomobil oldi-sotdisi osonlashtirildi

Yanvarda Rossiyada GM Uzbekistan 1,3 ming dona avtomobil savdo qilgan edi. 

Rossiya bozorida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar orasida Gentra eng ko‘p sotilgan model bo‘ldi. Oxirgi ikki oy davomida Rossiyaliklar 2,1 ming dona Gentra sotib olishdi. 

Rossiya hududida ushbu yilning fevral oyida jami 111 mingta avtomobil xarid qilingan.

 

Yangiliklar lentasi
0