O‘zbekistonda reklamada behayo sahnalardan foydalanish ta’qiqlanadi

© Foto : pixabay.comAyol oyoqlari
Ayol oyoqlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi internet tarmoqlaridan qimor o‘yinlari reklamasi yo‘qotiladi, shuningdek, tovarlar sotilishini ko‘paytirish uchun televideniyeda behayo(erotik) sahnalardan foydalanishni ta’qiqlash rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. “Reklama to‘g‘risidagi” Qonunga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish” qonunchilik loyihasi  Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtirilgan.

Sayt. - Sputnik O‘zbekiston
Ijtimoiy tarmoqlarda spirtli ichimlik va tamaki mahsulotlari reklamasi ta’qiqlandi

Xohlovchilar tadbikorlik faoliyatini amalga oshirishga ta’sir etuvchi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘z izohini berishlari mumkin. Muhokama 24-mart kuni yakunlanishi belgilangan.
Yangi tahrirdagi “Reklama to‘g‘risidagi” qonunda behayo(erotik) sahnalardan foydalanish ta’qiqlanadi. Shuningdek, internet tarmoqlarida qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida xizmatlar ko‘rsatish, dasturiy ta’minotni nashr qilishni ta’qiqlash ko‘zda tutilgan.
“Balog‘at yoshiga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan roliklarda, haqiqiy yoki soxta quroldan foydalanish ta’qiqlanadi, shuningdek, ekstremal holatlarga tushib qolgan bolalarni ko‘rsatish mumkin emas”, deyiladi hujjat matnida. Bolalar uchun mo‘ljallangan tovarlar narxini ko‘rsatishda “tovar narxi haqida noto‘g‘ri tushuncha uyg‘otuvchi” “xolos” va “bor-yo‘g‘i” kabi so‘zlardan foydalanish ham ta’qiqlangan.

Ushbu qoidalar ijtimoiy va siyosiy reklamalarga, shuningdek, reklama xarakteriga ega bo‘lmagan viveskalar va ko‘rsatkichlarga joriy etilmasligi ta’kidlab o‘tilgan.

Muhokamada qoldirilayotgan izohlar va So‘rovnomada bildirilgan takliflar tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiquvchilar — davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0