Stratfor asoschisi urushga tayyor turishni maslahat bermoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSuriyadagi holat. Aleppo shahri
Suriyadagi holat. Aleppo shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika analitika markazi, ya’ni Stratfor asoschisi Jorj Fridman so‘zlariga qaraganda, tarixda har yuz yillikda davlatlar o‘rtasida yirik harbiy to‘qnashuvlar yuz bergan. “Shu bois, XXI asrda voqealar boshqacha rivojlanishiga umid qilmasa ham bo‘ladi”, - deb ta’kidladi Fridman.

TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Amerika analitika markazi asoschisi Jorj Fridman “Business Insider” nashriga bergan intervyusida “urushga tayyor turish” zarurati haqida ta’kidladi, RIA Novosti xabari asosida.

Su-35 qiruvchisi. - Sputnik O‘zbekiston
National Interest AQSh Rossiyaga qarshi qanday qurol bilan jang qilishini aytdi

Fridmanning so‘zlariga ko‘ra, “mavjud tizimni larzaga solgan” urush tarixda har yuz yillikda yuz bergan.
"Yevropadagi yetti yillik urush, XIX asrdagi Napoleon Bonapart harbiy harakatlari, Ulug‘ jahon urushlari… Xullas, har yuz yillikda nimadir yuz bergan. Bu yuz yillikda urush bermaydi, deb garov o‘ynamoqchimisiz men bilan? Men siz bilan bu borada bahs boylashim mumkin…", — deb ta’kidladi Fridman.

Fridman sistemali urushlar qay tariqa yuz berishini tushuntirdi. “Misol uchun, Germaniya, Rossiya, Xitoy singari mamlakatlar zaif holatga kelgach, ularning o‘rnini boshqa davlatlar egallaydi. Vaziyatning xavfli tomoni — yangi mamlakatlar “balansga kelmaganligida”, — izoh berdi u.

"1871 yilda Germaniya birlashdi, va, natijada, haqiqiy jahannam boshlandi. XX asr boshida Yaponiya jahonga o‘z qudratini namoyish etdi, so‘ngra, tushunarsiz holat boshlandi", — misollar keltirdi Stratfor rahbari.
“Xullas, biz hozir sistemali siljishga guvoh bo‘lmoqdamiz. Demak, urushga tayyor turing”, — xulosa qiladi Fridman.
Fridman, shuningdek, mojaro o‘choqlari alanga olishi mumkin bo‘lgan hududlarni ham sanab o‘tdi. Stratfor rahbari fikriga ko‘ra, jahonda o‘z ta’sirini yo‘qotayotgan davlatlar o‘rniga Yaponiya, Polsha va Turkiya mamlakatlari kelishi mumkin.

Shunday qilib, Fridman bashoratiga ko‘ra, Yaponiya va AQSh o‘rtasida dengiz urushi bo‘lib o‘tadi, shuningdek, Yaqin Sharq va Sharqiy Yevropada harbiy mojarolar yuz berishi kutilmoqda.
Fridmanning so‘zlariga ko‘ra, ushbu davlatlardan biri o‘z dushmaniga qarshi yadro bombasini qo‘llashi ehtimoli ham yo‘q emas.

Yangiliklar lentasi
0