Chet elda mehnat qilayotgan shaxslar ish staji O‘zbekistonda hisobga olinadigan bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishMoskva shahrida migrantlar qor tozalashmoqda.
Moskva shahrida migrantlar qor tozalashmoqda. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chel elda yollangan holda ishlovchi shaxs (migrant) Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lash imkoniga ega bo‘ldilar. Badallar o‘z vaqtida to‘lab borilganda, ular qonunga muvofiq davlat pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘ladilar.

TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Chet elda yollangan holda ishlayotgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash imkoniga ega bo‘ldilar.Badallar o‘z vaqtida to‘lab borilganda, chet elda ishlovchi shaxslar Qonunga muvofiq O‘zbekistonda pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘ladilar, deyiladi lex.uz saytida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorida.

Yurtimizda Pensionerlar uyushmasi tashkil etildi

Shaxslar Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash sharti bilan Qonunga muvofiq davlat pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘ladilar. Bunda pensiya miqdori Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallari miqdori va ish stajining davomiyligiga bog‘liq bo‘ladi, deb ta’kidlanadi Vazirlar Mahkamasi Qarorida.

Qarorda keltirilishicha, chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, soliq agenti hisoblanmagan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim, shuningdek dehqon xo‘jaligi a’zosi (dehqon xo‘jaligi boshlig‘idan tashqari) Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini ixtiyoriy ravishda to‘laydilar. Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar ish stajiga ular faoliyat yuritgan va Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan davrlar kiritiladi.

Dehqon xo‘jaligi a’zosi va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila a’zosiga pensiya tayinlashda ish stajiga Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lanmagan davrlar qo‘shilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0