Meldoniy yaratuvchisi, uning doping emasligini ta’kidlamoqda

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishTabletka dorilar ishlab chiqarish
Tabletka dorilar ishlab chiqarish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning bir inecha yetakchi sportchilari, jumladan Mariya Sharapova, Yekaterina Bobrova va boshialar oxirgi oy davomida WADA tomonidan Meldoniy qabul qilganlikda ayblanib, musobaqalarda qatnashish huquqidan mahrum qilindi.

TOShKENT, 8 mar —Sputnik. Myeldoniy yaratuvchisi, Latviya Organik Sintez instituti direktori Ivars Kalvinsh ushbu dorini doping deb hisoblamaydi.

Fransiyaning Le Monde nashriga bergan intervyusida, Kalvinsh ushbu dori, ulkan jismioniy zo‘riqish his qiladigan sportchilar organizmida yurak xuruji va mushaklarga zarar yetkishni oldini olish uchun xizmat qiladi. Ushbu dori sportchilarning jismoniy imkoniyatlarini yaxshilashiga hech qanday dalil yo‘q.

“Ilmiy nuqtayi nazardan, Meldoniy sportchining jismoniy imkoniyatlarini susaytiradi, chunki u yog‘ kislotalarining oksidlanishini pasaytiradi. Ushbu dorini qabul qilayotgan sportchilar o‘z natijalarining yaxshilanishini kutmasligi kerak. Meldoniy sportchining tomir siqilishi natijasida mushaklarga va yurakka yetkizilishi mumkin bo‘lgan zarani oldini oladi xolos. Bu sportchiga yutish imkonini bermaydi, faqat uning sog‘ligini saqlab qoladi”, — dedi Kalvinsh.

Aynan ushbu sabaga ko‘ra bu dorini ta’qiqlangan dorilar ro‘yxatiga kiritish mumkin emas, deb hisoblaydi Meldoniy yaratuvchisi.

“Sportchilar ham, har qanday odam kabi, o‘z sog‘lig‘ini saqlash huquqiga ega. Xususiyatlari ilmiy tasdiqlanmagan preparatni doping deb e’lon qilish – bu katta professional xatodir”, — dedi Kalvinsh.

Mariya Sharapova, Rossiyalik tennischi - Sputnik O‘zbekiston
Mariya Sharapova doping qabul qilganini tan oldi

Uning fikriga ko‘ra, bu go‘sht yeyishni ta’qiqlashga barobar: chunki go‘shtda karnitin moddasi bor bo‘lib, u odam organizmida yog‘ kislotalarining oksidlanishini tezlashtiradi va shu bilan organizmda ortiqcha energiya ishlab chiqaradi.   

Meldoniy yaratuvchisining fikriga ko‘ra — ushbu  dorini qabul qilish uchun qo‘yilagan ta’qiq bekor qilinishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin tennischi Mariya Sharapova, figurali uchuvchi Yekaterina Bobrova, konki yuguruvchilari Semen Yelistratov va Pavel Kulijnikov  va Rossiyaning yana bir necha yetakchi sportchilari, qonida Meldoniy moddasi  topilgani munosobati bilan Umumjahon Dopingni Ta’qiqlash qo‘mitasi (WADA) tomonidan musobaqalarda qatnashish huquqidan mahrum qilingan edi.

Meldoniy ta’qiqlangan preparatlar ro‘yxatiga 2016-yilning 1-yanvaridan boshlab kiritildi.

Yangiliklar lentasi
0