Mariya Sharapova doping qabul qilganini tan oldi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishMariya Sharapova, Rossiyalik tennischi
Mariya Sharapova, Rossiyalik tennischi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mashhur tennischi, sog‘lig‘iq muammosi tuyfayli Meldoniy ichganligini tan oldi va buning uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Umumjahon dopingga qarshi qo‘mitasi WADA Sharapovani 12-martdan boshlab musobaqalarda qatnashishi vaqtincha to‘xtatilishini ta’kidladi.

TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova matbuot anjumani vaqtida, uning Avstraliya Ochiq chempionati vaqtida olingan qon analizida, ta’qiqlangan doping moddasi topilganini tan oldi, lekin, shu bilan bir vaqtda, Sharapova o‘zining sport faoliyatini bunday yakunlamasligini e’lon qildi. Sportchi aytishiga qaraganda, sog‘ligida muammo bo‘lgani tufayli 2006-yildan boshlab u Mildronat dorisi ichgan.

“Menga birinchi marta uni 2006-yilda berishdi. Sog‘ligimda, bir vaqtning o‘zida bir necha muammolar paydo bo‘lgan edi. Organizmda magniy yetishmovchiligi muammosi paydo bo‘lgan edi. Men tez-tez EKGdan o‘tardim. Bizning oilada bir necha yildan beri diabet kasalligi muammosi bor. Bu men ichgan ko‘plab dorilarning biridir”, — dedi Sharapova.

Rossiyalik sportchi tushkunlikka tushmasdan o‘z sport karyerasini davom ettirishini ta’kidladi.

“Men ulkan xatoga yo‘l qo‘ydim, o‘z muxlislarim va to‘rt yoshimdan sevib shug‘ullangan sport ishonchini oqlamadim. Buning oqibatlari nima bo‘lishini tushunaman, lekin o‘z sport faoliyatimni bunday usulda yakunlashni istamayman. Umid qilamanki menga ikkinchi imkoniyat berishadi. Bilaman, ko‘pchillik bugun men o‘z sportchilik faoliyatimni yakunlashimni e’lon qilishimni kutgandi. Shunday qilishni rejalashtirganimda, men ushbu qarorni Los-Anjelesdagi bunday xunuk gilamli mehmonxinada e’lon qilmagan bo‘lardim”, — dedi Mariya Sharapova.

Rossiyalik sportchi Katta Shlem turniridagi barcha musobaqalarda g‘olib chiqqan. 2004-yilda, 17 yoshida Sharapova Uimbldonda, dunyoning hozirgi birinchi raketkasi bo‘lgan, Serena Vilyamsni yengib shov-shuvli g‘alaba qozongan edi. Undan keyin Sharapova US Open-2006, Australian Open-2008, "Rolan Garros" — 2012 va 2014-yillardagi musobaqalarda g‘alaba qozondi. Sportchi uchun faqat Olimpiada o‘yinlari cho‘qqisi zabt etilmay qoldi.

Daily Telegraph gazetasi jurnalisti Oliver Braunning fikriga ko‘ra, agar Sharapova Meldoniyni o‘z natijalarini yaxshilash uchun iste’mol qilgani ma’lum bo‘lsa,  uni to‘rt yilga diskvalifikatsiya qilshlari mumkinligi aytdi.

Ushbu yangilikka Mariyaning ba’zi homiylari allaqachon o‘z munosobatini bildirdi. Sportchining ko‘p yillik hamkori bo‘lgan sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasi o‘zining shartnomasini to‘xtatganini e’lon qildi.

Meldoniy ta’qiqlangan dorilar ro‘yxatiga 2016-yilning 1-yanvaridan boshlab kiritildi. U “Gormonlar va metabolizm modulyatori” turdagi dorilardan bo‘lib, musobaqalar va tayorgarlik  vaqtida qabul qilish ta’qiqlangan preparatlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0