Toshkent, 3 avg – Sputnik. Zoomin tabiat qo‘riqxonasida dorivor o‘simliklarni qayti ishlash markazi tashkil qilinadi, — deb xabar berdi kultura.uz
Maxsus markaz o‘simliklarni qadoqlaydigan va o‘raydigan yuqori texnologiyali aspob-uskuna bilan jihojlanadi.
Shu bilan birgalikda tumanda biologik xilma xillikni saqlab qolish uchun yaylovlarda ozuqaviy o‘simliklari ekilyapti. Kelasi yilning kuz oyidan boshlab hudud boshqa yaylovlar uchun ham urug‘ yetkazib beradigan “ona yer” vazifasini o‘taydi.
Avval yig‘ib olingan o‘tlar qayta ishlash uchun poytaxtga yuborilar edi. Endi esa BMTRD loyhasi doirasida ishlab chiqarish Zominga ko‘chirildi. Bu esa, o‘z o‘rnida, mahsulot sifatini yaxshilash va mahalliy aholini ish bilan ta’minlashga yordam beradi.
Zomin posolkasi O‘zbekistonning tog‘li hududi hisoblangan Jizzax viloyatida joylashgan. U o‘zining dorivor o‘simliklari bilan mashhur. Bu yerda turli kassalliklarni davolashda qadimdan ishlatilib kelingan o‘simliklarning taxminan 50 turi o‘sadi. O‘simliklarning ko‘pi o‘rta asr faylasuflari va Ibn Sino o‘z kitoblarida tilga olib o‘tgan.