O‘zbekiston va Alstom asinxron dvigatellar ishlab chiqarishga 3,5 mln $ investitsiya qilishdi

© Press-slujba "Mosgortrans" / Mediabankka o‘tish"Alstom" yangi avlod tramvayi
Alstom yangi avlod tramvayi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yilda 200 ming dona asinxron dvigatellar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan ushbu loyiha, respublika iqtisodni yangi istiqbolga chiqarishga va yangi ish o‘rinlari yaratishni ko‘zda tutgan.

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Fransiyaning Alstom kompaniyasi va O‘zbekiston Temir yo‘llari, O‘zbekistonda elektron asinxoron dvigatellar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun, qiymati 3, 5 mln bo‘lgan loyihaga sarmoya kiritishga tayor, “Mosgortrans” matbuot xizmati xabariga ko‘ra.

Tramvay PESA/UVZ 71-414 - Sputnik O‘zbekiston
Polsha kompaniyasi Toshkentga tramvay va lokomotivlar yetkizib beradigan bo‘ldi

Loyihaning ishlab chiqarish quvvati 2017-yilda yiliga 200 ming dvigatelni tashkil qilishi kerak. Yangi korxona mahsuloti turli xil elektrovoz, elektr-dizel lokomotivlari, yaqin masofaga yuruvchi elektrichkalar va dizel dvigateli poyezdlar uchun mo‘ljallangan. 

O‘zaro hamkorlik memorandumi Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro investitsion forum doirasida imzolangan edi. Loyiha Respublika iqtisodini yangi istiqbolga chiqarish va yangi ish o‘rinlari yaratish uchun mo‘ljallangan.

“Biz O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlarda qanday asinxron dvigatellar kerakligini o‘rganish uchun keng ko‘lamli izlanishlar o‘tkazdik. Qo‘shma korxona yaratishning shartlaridan biri – bu respublikaning eksport potensialini oshirishdir”, — dedi korxona vakili.      

Alstom kompaniyasi mutaxassislari tajriba va eng zamonaviy texnologiyalar borasida tajriba almashishga tayor. Ushbu loyiha fransuzlar tomonidan O‘zbekiston bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan birinchi qadamdir.

Vakilning so‘zlariga qaraganda, qo‘shma korxona ishlab chiqaradigan dvigatellarda MDH mamlakatlarida hali qo‘llanilmagan texnologiya ishlatilgan bo‘lib u poyezdlar energiya samardorligini oshirishga, dvigatellarni ishlab chiqarish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni osonlashtirish va arzonlashtirishga olib keladi.  

"O‘zbekiston temir yullari" vakilining so‘zlariga qaraganda tomonlar shartnoma imzolashni rejalashtirgan.

Alstom mashinasozlik kompaniyasi — temir yo‘l transporti uchun enregetik qurilmalar ishlab chiqaruvchi dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biridir. Kompaniya generatorlar, lokomotivlar, TGV va AGV turdagi tezurar poyezdlar, Pendolino elektropoyezdlari va tramvaylar ishlab chiqaradi.

Yangiliklar lentasi
0