Toshkent, 13 avg – Sputnik. Polshaning PESA Bydgoszcz SA va “Toshshahartransxizmat” Toshkentda tramvay va metropoliten vagonlari yetkizib berishni muhokama qilishdi, g‘ deb xabar berdi Jahon AA.
Polshalik mehmonlar poytaxt yo‘lovchi tashish kompaniyasiga tramvaylar, metropoliten uchun lokomotivlar va vagonlar yetkazib berishni taklif qildi. Undan tashqari xodimlarni o‘qitish va transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun qo‘shma korxona tashkil qilishni taklif qilishdi.
“Bizlar yangi shahar transport vositalarini, xususan yangi tramvaylarni taklif qilmoqchimiz, hamda Toshkentda ularga xizmat ko‘rsatadigan texnik xizmat markazi ochmoqchimiz, — dedi kompaniyaning sharqiy bozorlar marketing direktori Dariush Skotniski.
Polsha O‘zbekistonga investitsiya kiritish imkoniyatlariga baho berdi
PESA Bydgoszcz SA kompaniyasi, Polshada 1851-yilda tashkil qilingan, asosan temir yul poyezdlarini ta’mirlash va yangilash bilan shug‘ullanadi.
Undan tashqiri kompaniya zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan yuqori tezlikda yuruvchi lokomotivlar, vagonlar va tramvaylar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.