TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Dunyo bo‘yicha yuzaga kelgan murakkab vaziyat tufayli, diplomatlar uchun “katta yer maydonlari” ochilmoqda, deb ta’kidladi Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev.
"Bizning, nainki bizning, balki, boshqa davlatlar — yirik qo‘shnilarimiz ham, misol uchun Rossiya: sanoat, eksport zahiralari sohasida og‘ir damlarni boshdan kechirmoqda… iqtisod qulashi, sanksiyalar ta’siri bizga ham sezildi…, Xitoy iqtisodiyotida kuzatilayotgan pasayishlar ham o‘z ta’sirini sezdirdi”, — dedi Nazarboyev Qozog‘istonda akkreditatsiyadan o‘tgan chet el diplomatlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.
Nazarboyevning so‘zlariga qaraganda, neft va gazning hozirgi “shishirib ko‘rsatilayotgan” narxlariga ko‘nikib, shunday sharoitlarda yashashning ilojini topish lozim. "To‘g‘ri, bu oson emas – inson yaxshi narsaga tez ko‘nikadi. Lekin bugun hamma narsaga ko‘nikishga o‘rganish lozim”, — qo‘shimcha qildi u.
"Siyosatchilar, diplomatlar uchun hozir juda murakkab davr. Shunday bo‘lsa-da, davlatlar bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolish kerak, qiyinchiliklarni bahona qilib, qo‘shnilarni iqtisodiy va siyosiy tomondan siquvga olish yaramaydi. Aksincha, mana shunday qiyinchiliklardan birgalikda chiqib ketish yo‘lini topish bizu-sizning vazifamiz, deb o‘ylayman. Siz elchilar qarshisida keng maydon ochildi. Shunday murakkab davrda davlatlar o‘rtasida yaqinlik va o‘zaro ishonch munosabatlarini yuzaga keltirish, faqat sizning mahoratingizga bog‘liq", — deb xotima qildi Nazarboyev.