Manba: AQSh hukumati Rossiya fuqarolariga qarshi “ov” boshladi

© FotoliaAmerikalik politsiyachi.
Amerikalik politsiyachi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShda Rossiya fuqarolarining hibsga olinishi va ekstraditsiya qilinishi(boshqa davlatda yashiringan jinoyatchilarni ushlab berish) zamirida siyosiy ma’no yotibdi, deb ta’kidladi Rossiya TIV vakili Konstantin Dolgov.

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. AQSh hukumati Rossiya fuqarolariga qarshi ov boshladi, bu muammo borgan sari “gazak oladi”, deb ta’kidladi Rossiya TIV inson huquqlari, demokratiya va huquq ustuvorligi bo‘yicha vakili Konstantin Dolgov. U rossiyaliklar huquqiy muhofazasini kuchaytirish ustida ishlash lozimligini aytdi.

Su-35 qiruvchisi. - Sputnik O‘zbekiston
National Interest AQSh Rossiyaga qarshi qanday qurol bilan jang qilishini aytdi

"Amerika hukumati bizning fuqarolarimizga qarshi ov boshladi. Asosan, dasturlash, IT texnologiyalar sohasi vakillari ta’qib ostiga olinmoqda. Bu insonlar uchinchi mamlakatlarda hibsga olinib, so‘ngra AQShga ekstradatsiya qilinmoqda. Amerika o‘z siyosatini o‘tkazmoqda, odil sudlov haqida gap bo‘lishi mumkin ham emas”, — dedi Dolgov Xalqaro rusiyzabon advokatlar assotsiatsiyasi Prezidiumi va Rossiya advokatlari Gildiyasi Ijro Qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilgan kengashda so‘zga chiqar ekan.

Misol uchun,rossiyalik uchuvchi Konstantin Yaroshenko 2010-yilda AQShga Liberiyadan ekstradatsiya qilingan va so‘ngra, narkotik moddalar kontrabandasida ayblanib, 20-yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

AQSh tomonidan eng yirik qurol baroni deb e’lon qilingan Viktor But, 2008-yilda Tailandda qo‘lga olingan va AQShga topshirilgan. Hozirda Rossiya fuqarosi Amerikada 25-yillik qamoq jazosini o‘tamoqda. U Kolumbiyadagi FARC radikal guruhiga “qurol sotishda til biriktirganlik” jinoyatida ayblangan.

Dolgovning so‘zlariga qaraganda, “Amerika qamoqxonalari va SIZOlarida Rossiya fuqarolari insoniylik tushunchasiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan shart-sharoitlarda saqlanmoqda”.
Rossiyalik diplomatning aytishicha, Moskva va AQSh o‘rtasida Rossiyadan asrab olinayotgan bolalar borasida ham jiddiy muammolar yuzaga kelmoqda. Bundan tashqari, AQSh hukumatida, Rossiya bilan “teng huquqli muzokara” olib borishga xohish-istak yo‘qligi ham aytib o‘tildi.

Yangiliklar lentasi
0