TOShKENT, 3 mar — Sputnik. BMT Xavfsizlik kengashi Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini ma’qullaganidan keyin, YeI Pxenyanga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar e’lon qilinishi mumkinligi haqida og‘iz ochdi, deb xabar qiladi RIA Novosti, Reyter ma’lumotiga tayangan holda.
Shimoliy Koreya yil boshida yadro bombasi va ballistik raketani sinovdan o‘tkazgan edi. Shundan so‘ng, BMT Xavfsizlik kengashi Pxenyanga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qildi. 2270 raqamli rezolyutsiya uchun chorshanba kuni BMT Xavfsizlik kengashining barcha, 15ta a’zosi ovoz berdi.
Rezolyutsiyaga muvofiq, Shimoliy Koreyaga aviatsiya va raketa yoqilg‘ilari yetkazib berilishi ta’qiqlanadi, mamlakatga olib kirilayotgan va undan olib chiqilayotgan barcha yuklar nazoratdan o‘tkaziladi.
Hujjatga muvofiq, Shimoliy Koreyaga oddiy turdagi qurol-aslahalarni sotish ta’qiqlanadi; shuningdek, ko‘mir, temir, oltin, titan va boshqa kamob tabiiy minerallar eksporti hajmi ham sezilarli darajada cheklangan. Koreya Xalq Demokratik Respublikasidagi banklarga qarshi moliyaviy sanksiyalar kiritilmoqda.