Shimoliy Koreya vodorod bombasini sinovdan o‘tkazdi

© KRT Shimoliy Koreya televideniyesi diktori vodorod bombasi sinovdan o‘tkazilganligi haqida xabar qilmoqda.
Shimoliy Koreya televideniyesi diktori vodorod bombasi sinovdan o‘tkazilganligi haqida xabar qilmoqda. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bomba Pxungeri poligoni hududida yuz metr chuqurlikda portlatildi. KXDR 2005-yil o‘zini yadro mamlakati deb e’lon qilgandan beri to‘rtinchi bor sinov o‘tkazdi.

TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Shimoliy Koreya hukumati vodorod bombasi sinovi muvaffaqiyatli o‘tgani haqida e’lon qildi. “Vodorod quroli”ga egaligi Shimoliy Koreya uchun muhim tarixiy voqeadir”, RIA Novosti Koreya Xalq Demokratik Respublikasi markaziy efirida uzatilgan xabarlarga asoslangan holda.

"Bugun vodorod qurolining ilk sinovi muvaffaqiyatli o‘tkazildi” e’lon qildi mamlakat markaziy kanali efiri orqali diktor.

Vodorodli bomba portlashi - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya «dushmanlarga” vodorodli bomba bilan po‘pisa qilmoqda

Ushbu xabar e’lon qilinishi bilan Seul Milliy Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazdi. Bundan sal vaqt oldin OAVlarda Pxungeri poligoni joylashgan tumanda yer osti silkinishlari kuzatilgani haqida xabar qilingan edi. Janubiy Koreya myeteo-xizmati esa bu zilzila “sun’iy xarakterga” ega deb ta’kidlamoqda. Seysmologlar ma’lumotiga ko‘ra, zilzila magnitudasi 4,2 ballni tashkil qilgan. Boshqa ma’lumotlarda bu ko‘rsatkich 5 balldan oshgani aytilmoqda.

Shimoliy Koreya vodorod bombasini sinovdan o‘tkazishi munosabati bilan Janubiy Koreya mamlakat Qurolli kuchlari jangovor tayyorgarligini kuchaytirdi.

Shimoliy Koreya 2005-yilda o‘zini yadro mamlakati deb e’lon qilgan edi. Respublikada shundan buyon to‘rt marotaba yadro qurollarini sinovdan o‘tkazdi.

 

Yangiliklar lentasi
0